Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishga layoqatsiz bo‘lib qolgan yurtdoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Bundan 11 yil avval Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida borgan M.G. ayni paytda og‘ir dardga chalinib, ishga layoqatsiz bo‘lib qolgan.

Fuqaro M.G.ga mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Tomsk shahridagi “Do‘stlik” o‘zbek diaspora tashkiloti tomonidan yordam ko‘rsatilib, aviachipta olib berildi.

4 iyul kuni "Novosibirsk – Toshkent" yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

Yurtdoshimizni O‘zbekistonning mutasaddi tashkilotlari vakillari kutib olib, tibbiy xizmat ko‘rsatishga kelishib olingan.