Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishni sudga qadar yuritishda yagona tergov axborot tizimi joriy etiladi

“Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda ishni sudga qadar yuritish masalalari bo‘yicha “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi (Yagona tergov axborot tizimi) joriy etiladi.

Yagona tergov axborot tizimi orqali ishni sudga qadar yuritish masalalarida elektron hujjat almashish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

- Ichki ishlar vazirligi;
- Bosh prokuratura;
- Davlat xavfsizlik xizmati;
- Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi;
- Davlat bojxona qo‘mitasi;
- Milliy gvardiyaning surishtiruv va tergov organlari.

Yagona tergov axborot tizimining boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi, uning uzluksiz ishlashi, axborot xavfsizligi ta’minlanishi uchun Bosh prokuratura mas’ul hisoblanadi.