Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixon IIB xodimi o‘z mashinasida odam urib o‘ldirganligi yashirilyaptimi?

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati “Samarqand viloyati Payariq tumani IIB xodimi o‘z mashinasida odam urib o‘ldirganligi yashirilmoqdami?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan videolavha yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, shu yil 31 mart kuni soat 21:20 larda Payariq tumani Emalach qishlog‘ida yashovchi fuqaro Z.S. turmush o‘rtog‘i (Ishtixon tumani IIB xodimi) X.S. ning nomida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinani Payariq tumanining "Javsharota" mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida boshqarib kelib, shu yo‘lda ketayotgan D.J. ni urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketgan.

Ko‘rsatilgan muolajalar ga qaramay D.J. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi (odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.