Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixon tumani 4-sektor hududida yashovchi 168 nafar fuqaroga 4,5 milliard so‘mdan ortiq kredit berilgan, 405 nafar aholi ishga joylashtirilgan

Ishtixonda Samarqand viloyatidagi 16 ta tuman va shaharlar 4-sektor rahbarlari va kotiblari, tegishli boshqarmalar mas’ul rahbarlari ishtirokida sektorlar faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligiga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda sektor rahbarlari hududda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tajriba almashdi va bu haqda batafsil ma’lumot berildi.

- Sektorimiz hududidagi 18 ta mahallada 63 ming 255 nafar aholi istiqomat qiladi, - dedi 4-sektor rahbari O‘tkir Boyzoqov. - Shu yilning 4 iyul xolatiga ko‘ra, 329 nafar fuqaro vakant ish o‘rinlariga, 76 nafari jamoat ishlariga joylashtirildi. 168 nafar fuqaroga tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishi uchun 4 milliard 639 million so‘m kredit mablag‘lari berildi.

Bundan tashqari, sektor hududidagi 752 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib, 735 nafari "daftar"dan chiqarildi. Olti yo‘nalishda 884 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilib, 231 nafariga 249 million so‘m bir martalik moddiy yordam puli berildi. Shuningdek, 15 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun 138 million so‘mdan ziyod imtiyozli kredit ajratildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tumandagi ishlab chiqarish korxonalari va mahallardagi faol tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi.