Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasida murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi

Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasida yuqori texnologik chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash operatsiyasi amalga oshirildi. 

Tumanning O‘rta qishloq mahallasi, Xolajon qishlog‘ida 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro Yoqub Jo‘rayev bundan 4 oy oldin yiqilib, jarohatlanib to‘shakka mixlanib qolgan edi. Bemorga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ushbu yuqori texnologik tibbiy yordam viloyat yoki respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida amalga oshiriladi.

Ushbu murakkab turdagi operatsiya tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i  O.Xo‘jamov rahbarligida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlarining amaliy ko‘magi bilan tuman vrach travmatologlari E.Xamdamov va M.Qilichevlar tomonidan amalga oshirildi.

Natijada operatsiyaga muhtoj bemorlarning viloyat markazi yoki poytaxtda joylashgan ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga murojaat kilib ovora bo‘lishiga, ko‘p miqdorda harajat qilishiga hojat qoldirilmadi. Shu bilan birga, tumanda mutaxassislarning malakasi, tajribasi oshishiga zamin yaratildi.

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.