Ishtixon tumanida yaroqsiz ahvolga kelib qolgan eski ko‘cha joriy ta’mirlanmoqda
- 21.08.2020 14:00
- 162
- Samarqand

Ayni kunlarda Ishtixon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan mahalliy ahamiyatdagi 4n 548 "Ko‘tarma-Ravot-Tangitepa" yo‘lida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi yo‘lning 6 km. qismiga asfalt yotqizilishi rejalashtirilgan. Joriy ta’mirlash ishlariga 890.0 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.
– Mazkur hududdagi yo‘llar ancha eskirib, yaroqsiz ahvolga kelib qolgan edi, – deydi Ishtixon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bo‘lim boshlig‘i Hamza Nosirov. – Ayni paytda olib borilayotgan joriy ta’mirlash aholining yo‘lda harakatlanishi, ayniqsa kuz-qish mavsumida harakatlanishdagi noqulayliklarni bartaraf etadi.
Ishtixon tuman hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Otashin jurnalist, mehribon ustoz
- Kecha, 15:34
- Mutolaa
Isroil – Eron ziddiyati: O‘t ochish to‘xtatilmoqda
- Kecha, 14:59
- Xorij
Eski chiroq – 150 ming so‘m zarar
- Kecha, 09:21
- Jamiyat