Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixonda ayrim maktablardagi muammolarga barham berildi

Ishtixon tumanida Mustaqillik bayrami arafasida 48, 56, 67- umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yangi qiyofaga ega bo‘lgan binolari foydalanishga topshirildi. Mazkur maktablarda qo‘shimcha binolar qurildi, eskilari ta’mirlandi. Isitish tizimi yangilanib, o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi.

67-maktabda 96 o‘rinli, 57-maktabda 120 o‘rinli, 48-maktabda esa 120 o‘rinli qo‘shimcha binolar qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, mazkur maktablarning eski binolari to‘liq ta’mirlandi. Ta’lim muassasalarida 10, 11- sinflar qayta tashkil etilgandan so‘ng mazkur maktablarda sinfxonalar yetishmasligidan o‘quvchilar qiynalardi. Qo‘shimcha binolar qurilgach, muammolarga barham berildi.

Shuningdek, maktablarda zamonaviy kutubxona ham faoliyat yuritmoqda. Ular turli mavzulardagi badiiy va ilmiy kitoblar bilan boyitildi.

Otabek Sharafov.