Ishtixonda o‘zboshimchalik bilan buzilayotgan IV-VIII asrlarga oid meros saqlab qolindi
- 13.09.2023 09:31
- 440
- Madaniyat

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ushbu tadbirlar natijasida ming yillik tarixga ega bo‘lgan ko‘plab tarixiy yodgorliklar yo‘qolib ketish xavfidan saqlab qolinmoqda.
Xususan, Ishtixon tumanida joylashgan IV-VIII asrlarga oid “Nomsiztepa-3” arxeologiya yodgorligini 9,6 m2 qismi fuqaro O.T. tomonidan o‘zboshimchalik bilan buzish harakatlari boshlangani aniqlanib, o‘z vaqtida to‘xtatib qolinishi natijasida ushbu tarixiy yodgorlikning 652 m2 maydoni saqlab qolindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi prokuratura xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- 5 daqiqa avval
- O‘zbekiston
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat