Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixonda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Kecha, 27 sentyabr kuni soat 01:01 da Samarqand viloyati Ishtixon tumani, Ishtixon mahallasida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor U.Mamashevga tegishli oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan.

Xabar asosida voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 6 daqiqada yetib borgan.

Yong‘in soat 01:12 da o‘rab olinib, soat 01:35 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida do‘konning 35 kvadrat metr maydonida - tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

DYoXX xabarida qayd etilishicha, tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Yong‘indan do‘konning 55 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inga  elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.