Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixonda yuk avtomashinasida yuz bergan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 24 iyun kuni soat 15:18 da Ishtixon tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 52 kilometrida harakatlanib ketayotgan "Gaz-52ʼʼ rusumli yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajilari jalb etilgan. Yong‘in soat 15:32 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida avtomashinaning old qism qisman yonib, zararlangan. Uning yukxonasida bo‘lgan taxminan 3 tonna g‘alla saqlab qolingan.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.