Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixonlik fermerlar davlatga paxta sotish shartnoma rejasini bajardi

Tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarining 191 tasi bu yil 8 ming 595 gektar maydonda g‘o‘zaning “Sulton” va “Buxoro-102” navlari yetishtirgan edi. Bugungacha ular dalalardan 24 ming 168 tonnadan ortiq sifatli paxta yig‘ib-terib olishdi.

 “Asalchi Eldor”, “Domla Abroriy umr”, “O‘rtaqishloq”, “Abdualim bobo Avazov”, Qanoat bobo O‘sarov”,  “Omonboy Farmonov”, “Mamarajab Fayziyev bog‘lari” fermer xo‘jaliklari shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajarib, tuman paxta xirmoni yuksalishiga katta hissa qo‘shdi.

–  Bahorda ob-havoning noqulay kelganligi sababli joriy yilda paxta terimi bir oyga kechikdi, – deydi “Domla Abroriy umr” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Abror Rabbimov. – Bu o‘ziga yarasha qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Ammo kuz dehqondan o‘z saxovatini ayamadi, sovuq kunlar boshlanmasdan shartnoma rejani 130 foizga uddaladik. Daromadimiz mo‘ljalimizdan-da ko‘p. Barcha qiyinchiliklar unut bo‘ldi.

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.