Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixonlik Go‘zal Mo‘minova “Ochiq muloqot” ko‘rsatuviga nega yolg‘on murojaat qildi?

Tuman markazidagi O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini, Quruvchi ko‘chasida yashovchi Go‘zal Mo‘minova “Ochiq muloqot” ko‘rsatuviga: “Hokim o‘rinbosari hali turmushga chiqmagan qayinsinglisiga ham uy bergan”, deb murojaat qilgan edi. Uy berilgan ehtiyojmand oilalar, navbatda turgan fuqarolarning ro‘yxatlari qayta-qayta tahlil qilinib, o‘rganilganda murojaatchi tomonidan e’tirof etilgan fuqaro Munazzam Tursunovaning nomi uchramadi.

Tuman hokimligi, O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini faollari tomonidan Go‘zal Mo‘minovaning oilaviy sharoiti o‘rganildi.

Unga “Maroqand tekstil” korxonasida ishlash taklifi berildi va  2020 yil qurilishi rejalashtirilgan ehtiyojmand oilalarga mo‘ljallangan uylarga navbatga qo‘yilganligi ta’kidlandi.

To‘g‘ri, Go‘zal Mo‘minova haqiqatdan ham uyga muhtoj. Ammo tezkorlik, oson yo‘l bilan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun u yoki bu rahbarni aybdor qilish, yolg‘on yoki boshqa “usul”larni qo‘llab mas’ullarning e’tiborini tortish yaxshi ish emasligi atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq qabulxonasi” Ishtixon bo‘limiga kelib noto‘g‘ri ma’lumot berganligi uchun tuman hokimi va tuman hokimi o‘rinbosari,  xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Yovqochevadan kechirim so‘radi.