Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixonlik o‘quvchi “Yil hikoyasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi

“Yil hikoyasi” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichida Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Xayriniso Jo‘rayeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yosh iqtidor sohibasining “Orzular sari”, “Ustozlar izidan” nomli she’r va hikoyalar to‘plamlari nashrdan chiqqan.

- Yaqinda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti uchun o‘tkazilgan tanlovning tuman bosqichida adabiyot yo‘nalishida g‘olib, deb topilgandim, - deydi X.Jo‘rayeva. – Bugungi yutug‘im ijodiy ishlarimga ilhom bag‘ishladi. Adabiyotga qiziqishimga ona tili va adabiyot fani o‘qituvchimiz Feruza Tog‘ayevaning hissasi katta. She’r va hikoyalarimning birinchi o‘qivchisi va tahrir qiladigan ham shu ustozim. Xato va kamchiliklarimni aytib, o‘z maslahatlarini berib boradi. Nasib etsa, ko‘rik-tanlovning hal qiluvchi bosqichida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritaman.