Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Iste’dodli shoir, yozuvchi va taniqli huquqshunos Ismatilla Yo‘ldoshev vafot etdi

Ismatilla Yo‘ldoshev 1953 yil 10 may kuni Urgut tumani Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida tug‘ildi.  

I.Yo‘ldoshev 1969 yili o‘rta maktabni tugatib, Toshkent davlat universiteti (1970–1976) da o‘qib prokuratura organlarida ishlay boshladi. Ijodga mehri bo‘lakcha bo‘lgan Ismatulla respublika televideniyesi va radiosidagi adabiy-badiiy ko‘rsatuvlarni olib bordi. O‘zini diktor sifatida sinab ko‘rdi. Ijod bilan shug‘ullanib, she’r va hikoyalar yoza boshladi. 

U prokuratura organlarida mas’uliyatli vazifalarda ishlash bilan birga ijod bilan ham jiddiy shug‘ullanib, qirqdan ziyod kitob yozdi. She’rlar, ruboiylar, detektiv hikoya, qissa, romanlar, shuningdek badiiy filmlar ssenariylari muallifi hisoblanadi. Ismatilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Xalqaro Umar Xayyom mukofoti sovrindori edi. 

1977 yilda “Jasorati uchun” medali, 1988 yil «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist» faxriy unvoni, 1994 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.  

"Zarafshon" va "Samarkandskiy vestnik" gazetalari hamda zarnews.uz sayti jamoasi marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.