Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Italiya prezidenti saylovi: bo‘sh qolgan byulletetlar sababli uchinchi urinish ham muvaffaqiyatsiz tugadi

Uchinchi urinishda ham Italiya parlamenti mamlakat prezidentini saylay olmadi. 978 byulletendan 412 tasi bo‘sh bo‘lganligi sababli ovoz berish yana haqiqiy emas deb topildi.

Siyosiy partiyalar hech kelisha olmayapti: Italiyada prezidentlik saylovlarida “rasmiy” nomzodlar yo‘q; deputat nazariy jihatdan istalgan nomni kiritishi mumkin. Lekin qoida tariqasida nomzod - partiyaning ichki va partiyalararo muzokaralari natijasida tanlanadi.

Raundlar soni rasmiy ravishda cheklanmagan. Mamlakatda so‘nggi yarim asr ichida uch marta prezident faqat 16-urinishdagina saylandi. Jarayonni tezlashtirish uchun dastlabki uch turda prezident kollegiya a’zolarining 2/3 ovozini olishi zarur, to‘rtinchisida esa ko‘pchilik ovozi kifoya bo‘ladi.

Bugun, kechda kuni to‘rtinchi turda parlamentdagi ko‘pchilik bir fikrga kela olish-olmasligi va ular o‘z nomzodlarini ko‘rsatishga tayyormi yoki yo‘qligi aniq bo‘ladi. Hozircha esa taqdim etilgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanmadi. Bundan tashqari, bugundan boshlab prezidentni saylash uchun zarur bo‘lgan ovozlar chegarasi 505 ga tushadi.