Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Italiyada Stromboli vulqonining yangi faollashuvi kuzatildi

Sitsiliya yaqinidagi Tirrens dengizining Italiya hududi hisoblangan Stromboli orolida Stromboli vulqonining payshanba kuni kechqurun yangi otilishi sodir bo‘ldi.

Mahalliy aholining bergan ma’lumotiga ko‘ra, taxminan soat 22.45 (01.45 Toshkent vaqti)da kuchli portlash yuz bergan, undan keyin vulqon krateri ustida vulqonli tutun va qum ustuni hosil bo‘lgan. Birozdan keyin taxminan har 20 daqiqa oralig‘ida yana ikkita kuchsizroq portlash sodir bo‘lgan. Ushbu hodisa vulqon massalarining yon-atrofga sachrashi bilan kuzatilgan.

Bundan tashqari, vulqonning g‘arbiy qoyasida kraterdan lava oqib chiqa boshlagan. U yerda 600 metr atrofidagi balandlikda “Olovli oqim” deb nomlanuvchi chuqurlik mavjud, u orqali lava dengizgacha yetib boradi. Voqea guvohlarining guvohlik berishlaricha, ayni vaqtda lava oqimi bir necha kilometrdan ko‘rinadi.

Stromboli orolini rahbarlari bilan zudlik bilan aloqaga chiqqan Italiya Fuqarolar mudofaasi xizmati mutaxassislarining xabar berishicha, qurbonlar va talofatlar haqida ma’lumotlar kelmagan. FM xizmati xodimlarining ta’kidlashlaricha, oroldagi vaziyat nazorat ostida.

Stromboli vulqonining oxirgi faollashuvi 3 iyulda sodir bo‘lgan, o‘shanda vulqon yaqinida bo‘lgan bir nafar eksursiya guruhi a’zosi halok bo‘lgan, yana bir nafar sayyoh jarohatlangan.

Stromboli vulqonini kuzatuv tarixida faollashuvlar sonini bu darajada qisqa vaqt oralig‘ida sodir bo‘lishi qayd etilmagan.

Stromboli vulqoni oxirgi 20 ming yildan beri muntazam faol holatda. U tez-tez sodir bo‘ladigan unchalik kuchli bo‘lmagan vulqon otilishlari bilan mashhur. Uning balandligi dengiz sathidan 926 metr va dengiz tubidan 2 kilometrni tashkil qiladi. Vulqonda uchta faol krater mavjud. Stromboli vulqonining faollashuvi aksariyat hollarda portlash bilan kuzatiladi, lavaning quyilishi juda kam uchraydigan holat hisoblanadi.