Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili kasallanish kuchayganini aytdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayyan internet orqali jonli efirda koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili birinchi yilga qaraganda qiyinroq bo‘lishi mumkin degan fikrni bildirdi.

- Biz pandemiyaning ikkinchi yiliga kirmoqdamiz va koronavirus tarqalish dinamikasini hisobga olgan holda bu yil yanada qiyinroq bo‘lishi mumkin, - dedi M. Rayyan.

JSST vakilining ta’kidlashicha, keyingi ikki hafta ichida tashkilotga kelib tushgan ma’lumotlar ushbu kasallik "yana avjiga chiqqan"ini ko‘rsatmoqda.

M.Rayyanning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy yarim sharda, ayniqsa Yevropa va Shimoliy Amerikada "katta bo‘ron" kuzatilmoqda. Bundan tashqari, u infeksiya tarqalishining ortishiga sabab bo‘lgan omillar havoning sovishi, odamlarning yopiq binolar ichida to‘planayotgani, shuningdek, koronavirus yangi shtammining tarqalishi bo‘lganligini ta’kidladi.