Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi COVID-19 sababli sayohatni taqiqlash bo‘yicha tavsiyasini uzaytirdi

Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi bugun, 15 iyul kuni COVID-19 ko‘payishi holatlari sababli chet elga chiqishni taqiqlash bo‘yicha tavsiyalarini yana bir oyga uzaytirdi, deya xabar bermoqda «Renxap» axborot agentligi.

Vazirlik mamlakat fuqarolariga chet elga safarlarni bekor qilish yoki 14 avgustga qoldirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini uzaytirdi. Ta’kidlanishicha, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida COVID-19 yangi koronavirusining tarqalishi davom etayotgan bir paytda chet eldan kelgan odamlarning kirib kelishini taqiqlash yoki cheklash davom etadi. Shuningdek, vazirlik chet eldagi fuqarolarni gigiyena qoidalariga rioya qilishga, ommaviy yig‘in, tadbirlardan qochish va odamlar bilan aloqani minimallashtirishga chaqirdi.

Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi  ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir kun ichida mamlakatda 1600 ta yangi COVID-19 kasalligi va ikkita o‘lim qayd etildi. Pandemiya davrida yuqtirganlarning umumiy soni 173 511 kishiga, vafot etganlar soni - 2505 kishiga yetdi. Hammasi bo‘lib 15,84 million kishi yoki mamlakat aholisining 30,8 foizi COVID-19 vaksinasining birinchi dozasini oldi. 6,18 million kishi yoki aholining 12 foizi to‘liq emlandi.