Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Janubiy Koreyadagi ofis binosida yong‘in chiqdi, 7 kishi halok bo‘ldi

Yong‘in Janubiy Koreya janubi-sharqida joylashgan Tegu shahridagi ofis binosida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Ryonxap axborot agentligi o‘t o‘chiruvchilar va mahalliy hokimiyat organlariga tayanib.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in bugun, taxminan soat 10:55 da (Toshkent vaqti bilan 06.55) Tegu shahridagi yetti qavatli ofis binosida sodir bo‘lgan va 20 daqiqadan so‘ng o‘chirilgan. Shahar hukumati 50 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 160 nafar o‘t o‘chiruvchini safarbar qilgan.

O‘nlab fuqarolar evakuatsiya qilingan, yetti kishi halok bo‘lgan, 46 nafari jarohatlangan.

Politsiya yong‘in sabablarini o‘rganmoqda.