Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“JCh 2022” O‘zbekiston dastlabki sinovni boshlamoqda

Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga saralash bosqichining ilk uchrashuvini Falastinga qarshi mehmonda o‘tkazadi.

Hozirda Milliy terma jamoamiz Toshkent-Tel Aviv –Ramolloh yo‘nalishi bo‘ylab Falastinga yetib borishgan. Terma jamoamiz a’zolari bugun moslashish va asosiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. Qatar-2022 saralash siklini dastlabki bosqichida “D” guruhidan o‘rin olgan terma jamoamiz o‘yinni 5 sentyabr kuni Ar-Ram shahridagi “Faysal al-Hussayniy” stadionida Toshkent vaqti bilan 19:00 boshlaydi.