Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudlari yil boshidan buyon 49 nafar shaxsni sud zalidan ozodlikka chiqardi

Bu ma’lumot jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand va Jizzax viloyatlari sudlari sudyalari ishtirokida videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan mintaqaviy seminarda qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatigi bag‘ishlangan yig‘ilishda yilning birinchi choragida ikki viloyat sudlarida ko‘rilgan ishlar, sudlanuvchilarga jazo tayinlashda qonun normalarini to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash va bu borada yagona sud amaliyotini shakllantirish masalalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, 2019 yil dastlabki uch oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudlari tomonidan 718 shaxsga jazo tayinlab hukm chiqarilgan. Jumladan, 524 kishi yoki sudlanuvchilarning 73 foiziga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. 246 shaxsga axloq tuzatish ishlari, 193 shaxsga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan.

G‘.HASANOV.