Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jizzax politexnika instituti Samarqanddagi jamoat transporti tizimini o‘rganadi

Samarqandda aholi uchun qulay transport tizimini yaratish maqsadida 2021 yilning 1 martdan boshlab Jizzax politexnika istituti professor-o‘qituvchilari va talabalari jamoat transportlari, avtoboshbekatlar, bekatlarda bevosita yo‘lovchilar oqimini aniqlash, yo‘l-ko‘cha tarmoqlarida jamoat transportini tartibga solish yuzasidan o‘rganishlar olib boradi.

Ular viloyat miqyosidagi avtoshohbekatlarda, avtobuslarda va bekatlarda maxsus texnika vositalari – planshet, kameradan foydalangan holda jamoat transportining hozirgi ahvoli yuzasidan ma’lumotlar to‘playdi. Ushbu ma’lumotlar aholi uchun qulay bo‘lgan transport tizimini yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Takliflaringizni http://samarkand-transport.uz sayti orqali bildirishingiz mumkin.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati.