Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jizzaxda 15 yoshli maktab o‘quvchisi farzandli bo‘ldi

Jizzaxda 2004 yilda tug‘ilgan 9-sinf o‘quvchisi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 14 noyabr kuni Jizzax shahar Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 15 yoshli o‘quvchisi sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialiga murojaat qilgan. Shifokorlar uning homilador ekanligini aniqlab, Jizzax viloyati perinatal markaziga yo‘llanma bergan.

U shu kunning o‘zida, 1-tug‘ruq bo‘limida 34 haftalik o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.
Holat yuzasidan 19 noyabr kuni Jizzax shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.