Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jizzaxda Renault ishlab chiqariladi

Jizzax viloyatida Fransiyaning Renault Avtovaz avtomobil zavodi quriladi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi ishonchli muvaqqat vakili Bris Rokfey hamda fransuz biznes-hamkorlari bilan uchrashuv o‘tkazgan Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev ma’lum qildi.

“Joriy yilda Renault Avtovaz avtomobil zavodi qurilishi va ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Muzokaralar jarayonida mazkur loyihalarni amalga oshirishning aniq muddatlari belgilab olingan”, deydi A.Ahmadxo‘jayev.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatida turizm biznesini rivojlantirish uchun Fransiyaning sayyohlik kompaniyalarini jalb etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 16 may kuni “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati Fransiyaning “Peugeot Citroen Automobiles S.A” kompaniyasi bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida, ustav jamg‘armasi, ekvivalenti 29,3 million yevro miqdoridagi “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolanganini ma’lum qilgandi.