Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Johnson & Johnson kompaniyasi o‘zining “COVID” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi

Preparatning uchinchi bosqich sinovlari yakunlandi. Ishlab chiquvchining ma’lum qilishicha, Johnson&Johnson tomonidan ishlab chiqarilayotgan preparat bir martalik dozadanoq o‘z samarasini beradi.

Johnson&Johnson koronavirusga qarshi Ad26.COV2.S. vaksinasi nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasiga murojaat qilishga tayyor. Bu haqda kompaniya veb-saytida chop etilgan xabarda aytilgan.

Preparatni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan kompaniya vakili Pol Stoffelsning so‘zlariga ko‘ra, sinovlarning uchinchi bosqichi yakunlandi va “COVID” vaksinasining samaradorligi va xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumotlar olindi.

"Analizlarning oraliq tahlili shuni ko‘rsatdiki, bizning “COVID-19” vaksinasiga nomzodimiz, umuman olganda, barcha ishtirokchilar, shu jumladan keksalar va surunkali kasalliklari bo‘lgan odamlarda yaxshi o‘tdi", dedi olim.

Stoffels, shuningdek, agar kompaniya ruxsat olgan taqdirda, pandemiyaning favqulodda vaziyatlarida vaksinani notijoriy asosda tarqatilishini aytdi.