Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Jomboy" - birinchi ligada to‘p suradigan bo‘ldi

Jomboyning «Jomboy» futbol jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan ikkinchi liga klublari ishtirokidagi o‘tish bahslarini muvaffaqiyatli yakunladi.

Jomboy jamoasi «Sementchi»ni 3:1 va «Dashtobod» jamoasini 4:0 hisoblari bilan mag‘lub etishga erishdi.

Yarim finalda «Lochin» jamoasi ustidan penaltilar seriyasida 5:4 (asosiy vaqtda hisob 2:2 bo‘lgan) hisobida ustun kelgan I.Kostrikin va Sh.Kamolov boshchiligidagi jamoa finalda «Neftgazmontaj» klubiga qarshi to‘p surdi. O‘yinda 2:1 hisobida zafar quchgan jomboyliklar 2021 yilda Birinchi ligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Birinchi liga nufuzi jihatdan Superliga va Pro ligadan keyingi PFL tomonidan o‘tkaziladigan uchinchi darajali chempionat sanaladi.