Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomboy tumanida 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, bitta oilaviy bog‘cha ochildi

Toshkent mahallasidagi 9-MTM 300 o‘ringa mo‘ljallangan.  "Qobil quruvchi" MChJ tomonidan mukammal ta’mirlandi. Qurilish ishlariga 3,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Shuningdek, muassasa Yaponiya granti asosida jihozlandi. Grant mablag‘i 2,6 milliard so‘mni tashkil etdi.

***

Polvonariq mahallasida ham 100 o‘rinli MTM ochildi. Mazkur 22-MTM qurilishi "Jomboy qurilish" MChJ tomonidan bajarildi. Buning uchun 2,6 milliard so‘m byudjet mablag‘i sarflangan.

***

Nayman mahallasida esa 25 o‘rinli oilaviy bog‘cha ish boshladi.