Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomboylik fuqaro o‘zaro janjal oqibatida sherigini o‘ldirdi

Joriy yilning 5 noyabr kuni Jomboy tumani Guliston mahallasida joylashgan savdo do‘koni oldida fuqaro X.U. bilan N.N. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Ya’ni, U.X. aroq shishasi bilan N.N.ning bosh qismiga va o‘zi bilan birga olib yurgan oshxona pichog‘i bilan qorin hamda ko‘z qismiga urib, voqea joyidan qochib ketgan.

Oqibatda N.N. tuman shifoxonasiga olib borilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 5 noyabr kuni Jomboy tumani prokuraturasi tomonidan U.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.X. himoya huquqi bilan ta’minlangan holda JpKning 221-moddasi tartibida gumonlanuvchi tariqasida ushlangan.

Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmati.