Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomda yangi ko‘prik qurilishi boshlandi

2018 yil 15-16 may kunlari Jom va O‘rtabo‘z mahallalarini bog‘laydigan, hududdagi 25-umumta’lim maktabiga o‘tiladigan ko‘prikni  kuchli sel olib kegandi.

Ko‘p yillardan buyon ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan bo‘lsa-da, ushbu ko‘prik qishloq aholisining kundalik ehtiyoji uchun tuman markaziga, bozorlarga qatnashi, o‘quvchilarning maktabga o‘tishiga xizmat qilib kelayotgandi.

Bunday noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1,5 milliard so‘m miqdoridagi loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, ko‘prikni qurish ishlari boshlab yuborildi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.