Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

JSST COVID-19 hali tugamasligini aytmoqda: Janubiy Koreyada ilk bor bir sutkada 40 mingdan ziyod COVID qayd etildi

JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus COVID-19 koronavirus pandemiyasi hali beri tugamasligi haqida ogohlantirdi.

JSSTning Yevropa bo‘limi, o‘z navbatida, mamlakatlarni "besh yosh va undan katta yoshdagi immuniteti sezilarli zaiflashgan odamlarga, shuningdek, ularning yaqinlariga" ikkinchi busterli (kuchaytiruvchi) dozani berishga chaqirdi.

Ma’lumki, yuqori emlash qamroviga qaramay, keyingi bir necha haftada Yevropada koronavirus bilan kasallanganlar soni ortdi.

Birinchi yangi to‘lqinlardan biri Portugaliyaga ta’sir qildi, may oyida u yerda 800 dan ortiq odam kasallikdan vafot etdi. Fransiyada ham o‘tgan oy boshidan beri kasallanish soni ikki baravar ko‘paydi.

Germaniya, Italiya va Gretsiya ham qayd etilgan yangi epidemiyani BA.4 va BA.5 omikron shtammining subvariantining tajovuzkor xatti-harakatlari, shuningdek vaksinalash sur’ati pasayishi, niqob taqmaslik bilan bog‘lashmoqda.

Yonhap axborot agentligi xabar berishicha, Janubiy Koreyada oxirgi ikki oydan beri ilk bor bir sutkada 40 mingdan ortiq COVID-19 qayd etildi, 12 kishi vafot etgan. Mamlakat hukumati «Omikron» shtammining o‘ta yuqumli subvarianti - BA.5 tarqalishi natijasida yuzaga kelgan yangi virus to‘lqini boshlanganini tasdiqladi.

Koreya bosh vaziri Xan Dak Su hukumat koronavirus tarqalishiga qarshi to‘rtinchi COVID-19 vaksinasiga ruxsat berdi. Shuningdek, koronavirus bilan kasallangan odamlar uchun yetti kunlik majburiy karantin qayta joriy etildi.

G.Xoldorova tayyorladi.