Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jurnalist loydan guldon yasab ko‘rdi

Press-turning keyingi manzili Urgut tumanidagi kulollar sulolasining sakkizinchi vakili No‘’mon Obloqulov xonadoni bo‘ldi.

Bu yerda ishtirokchilar kulolning ustaxonasi, ko‘rgazma zali bilan tanishdi. Kulolchilik mahsulotlari yasalish jarayonini tomosha qildi, lavhalar tayyorladi.

- Kulolchilik dastgohida o‘tirib, guldon yasashga urindim, - deydi telejurnalist N.Vohidova. - Zavqi boshqacha ekan. Ammo baribir ’’Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin’’, degan gap rost. 10 daqiqa loy bilan ishlab, bu  hunarning mashaqqatini his qildim.

Press-tur ishtirokchilari toyloqlik rassom Ahmad Umarov ijod uyida ham bo‘lishdi.

To‘lqin SIDDIQOV,

Husan ELTOYeV.