Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jurnalistlar akkreditatsiyadan o‘tkazildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya raisi S.Nuriyev boshqargan yig‘ilishda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.

Saylov kodeksiga muvofiq ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida, shu jumladan, ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqiga ega.

Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Yig‘ilishda saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq viloyat saylov komissiyasiga shu kunga qadar akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan murojaat qilgan bir qator ommaviy axborot vositalari vakillariga mandatlar topshirildi.

Qayd qilinganidek, nizomga asosan ommaviy axborot vositalari vakillari qoida tariqasida, saylovga kamida 15 kun qolgunga qadar viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalariga ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida murojaat qilishlari mumkin.

Yig‘ilishda viloyat saylov komissiyasining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 

Saylovlarni yoritish bo‘yicha Xalqaro matbuot markazi Samarqand viloyati bo‘limi.