Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatiladi

"Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–93-son, 12.06.2023 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.

Dasturda tadbirkorlar “hamkorlik shartnomalari” (3 yilgacha muddatga tuziladi) asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi.

“Hamkorlik shartnomalari”ni tuzgan tadbirkorlarga Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

Dasturda kamida 2 yil faoliyat ko‘rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlar – yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.