Karantin davrida buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi xavfli emasmi?
- 12.06.2020 18:15
- 242
- COVID-19

Savolga AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov javob berdi:
➖ buyum bozorlari har kuni ish boshlashidan oldin va ish vaqti tugaganidan so‘ng dezinfeksiya qilinadi;
➖ kirish-chiqish joylari pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlanadi;
➖ xaridorlar tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi, ijtimoiy masofani saqlashi shart;
➖ tana harorati 37*S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xaridorlar bozorga kiritilmaydi (ushbu fuqarolar alohidalanadi va 103 raqami orqali tez tibbiy yordamga murojaat etiladi).
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bugun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
- Kecha, 22:53
- Mutolaa
Kelajakda yashayotgan shaharlar
- Kecha, 19:49
- O'qing, qiziq!