Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Karantin davrida magistratura va bakalavriat bosqichi talabalariga stipendiya to‘lanadimi?

- Talabalar uchun to‘lab beriladigan stipendiyalar avvalgi holatida davom etaveradi. Faqat to‘lov turida o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Ya’ni kimdir hozirgacha stipendiyasini naqd pul ko‘rinishida olib kelgan bo‘lsa, ta’tilda ekanini inobatga olib, ularning roziligi asosida plastik kartasiga to‘laqonli tushirib beriladi.

Stipendiya to‘lashda hammaga bir xil qaraladi: bakalavrlar, magistratura, tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlarida o‘qiyotganlarning barchasi belgilangan tartibda stipendiyalarini olishda davom etadilar. Ya’ni stipendiyali va stipendiyasiz kontrakt asosida o‘qiyotganiga qaraladi.