Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Karantin maskanlarida xizmat qilayotgan salomatlik va xavfsizlik posbonlari oilalaridan hol so‘raldi

Samarqandda tashkil etilgan karantin maskanlarida xizmat qilayotgan tibbiyot va ichki ishlar xodimlarining xonadoniga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Mazkur maskanlarda nazoratga olingan fuqarolarning salomatligi doimiy ravishda nazoratda bo‘lishlari shart. Bu vazifani esa tibbiyot va ichki ishlar xodimlari olib borishmoqda. Hayotini xafv ostiga qo‘yib, ular ham 2 haftalik karantinni o‘tashga majbur bo‘lishmoqda.

Viloyat hokimligi, viloyat ichki ishlar, tibbiyot boshqarmalari hamda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamkorligida maskandagi salomatlik va xavfsizlik posbonlari oilalarining holidan xabar olindi.

Baxtiyor MUSTANOV foto.