Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Karantin tufayli bo‘shab qolgan shaharlar yovvoyi jonivorlar tomonidan “ishg‘ol” qilinmoqda

Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlardagi shaharlarda karantin joriy etilmoqda. Odamlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlangan yoki cheklangan shaharlarda yovvoyi jonivorlar paydo bo‘layotir.

Taylor Hankins o‘zining tvitter-akkauntida shuday yozmoqda: “Karantinning uchinchi kuni: jonivorlar shaharni zabt etdi. Orqa hovlida olmaxon soyabonimni o‘g‘irlab ketmoqchi. Endi u soyabon olmaxonniki”.

Yaponiyaning qadimiy poytaxti Narada shahrida joylashgan Nara qo‘riqxonasida 1300 ga yaqin bug‘ular to‘dasi yashaydi. Ushbu jonivorlar odamlar tomonidan beriladigan yegulik bilan oziqlanishga o‘rganib qolgan. Karantin sabab qo‘riqxonaga tashrif buyuruvchilar deyarli yo‘q. Shu bois bug‘ular yegulik ilinjida shahar bo‘ylab aylanib yuribdi.

Italiyaliklar shahar ko‘chalarida paydo bo‘lib qolgan yovvoyi to‘ng‘iz, echki va otlarni kuzatishmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi taylorswifh shunday yozmoqda: “Italiya karantinining uchinchi kuni: hamma joy yopiq, hamma uylar va hokazo... Shahrimizga yovvoyi to‘ng‘izlar “bola-chaqa”si bilan ko‘chib kelgan! Judayam kulgili holat".

Tailanddagi maymunlar “jinoiy to‘dalar”ga birlashib olib, yegulik izlab, shahar hududlarini bo‘lib olishdi.

Venetsiya suvlari karantin oqibatida toza bo‘lganidan so‘ng, u yerda delfinlar paydo bo‘ldi.