Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Karantinda saqlanadigan kishilar bilan ko‘rishish mumkin emas!

Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, yurtimizga qaytgan va ayni paytda tibbiy nazoratga olingan fuqarolarning bir guruhi bugun Toshkentdan Samarqandga keltiriladi.

Ular belgilangan tartibda bir necha kun (kamida 14 kun) karantinda bo‘ladilar. Bugungi kundagi vaziyat talabidan kelib chiqib, ushbu fuqarolarning yaqinlari va oila a’zolari bilan ko‘rishishlariga yo‘l qo‘yilmaydi (telefon orqali gaplashishingiz mumkin). Shu sababli maxsus komissiya karantinga olinayotgan shaxslarning yaqinlaridan ularni kutib olishga chiqmaslikni so‘raydi.