Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kartoshkaning yillik iste’mol me’yori qancha?

Tibbiyotchilar xulosasi bilan qaralganda inson yilda o‘rtacha 50 kilogramm kartoshka iste’mol qilishi talab etiladi. Shu nuqtai nazarga asoslansak, viloyatimiz aholisi ehtiyojini to‘la qondirish uchun 190 ming tonnaga yaqin kartoshka zarur bo‘ladi. Qolaversa, Samarqand viloyatida kartoshkadan yuqori hosil olinishini hisobga olib, ehtiyojdan ortgan qismini boshqa hududlarga sotish ham mumkin.
Masalan, 2017 yil viloyatimizda kartoshkadan 590,7 ming, 2018 yilda 553,6 ming, 2019 yilda esa 624,6 ming tonna hosil olindi. Buni 2017 yil bilan solishtirsak, 33,9 ming tonna ko‘p hosil olindi yoki o‘sish 112,8 foizga yetdi.