Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaligiga ko‘ra Sankt-Peterburg shahriga teng aysberg Antarktidadan ajralib chiqdi

Bu haqda RIA Novosti Britaniyaning Antarktida xizmati manbasiga asoslanib xabar berdi.
Aysbergning maydoni 1270 kvadrat kilometrni tashkil qiladi, Sankt-Peterburg hududi esa 1439 kvadrat kilometrga teng. U Halley tadqiqot stansiyasi joylashgan Brunt shelfli muzligidan ajralib chiqdi.

Britaniyaning Antarktida xizmati ushbu hududda bundan o‘n yil oldin yoriqlarni aniqlagan, ularning qalinligi 150 metrga teng edi. Shu yilning yanvar oyida eng katta yoriqlardan biri tez kattara boshladi va 26 fevral kuni bu joyda aysberg vujudga keldi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ajralib chiqqan aysberg Antarktidadan uzoqlashishi yoki muzlikdan uzoqlashmay sayozlikda qolishi mumkin.