Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining o‘rinbosari viloyat tashkilotiga o‘rinbosar bo‘lib o‘tdi

Ibragimov Azizbek Sodiqovich - Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlovda g‘olib bo‘lgan.

U bunga qadar - 2017 yil 14 noyabrdan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

1984 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan Azizbek Ibragimov 2007 yilda Samarqand davlat universitetini tarixshunos mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.