Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on shahrida fuqarolarni xorijiy davlatga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.A. fuqaro F.ni tanishlari orqali 5 oy muddatga Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.