Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi xodimining o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga yuborildi

Shu yilning 10 iyun kuni tunda 42 yoshli Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘zining “Cobalt” rusumli avtomobilida yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sababli YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilgani, lekin to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, avtotransportda yuqori tezlikda harakatlanib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilganida, fuqaro A.A. ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsatani haqida xabar berilgan edi.

Shu vaqt oralig‘ida tibbiy ko‘rikka olib borish uchun transport vositasiga o‘tkazilgan fuqaro A.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib, voqea joyiga tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay fuqaro A.A. vafot etgan.

Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 206-moddasi 1-qismi (mansab vakolatidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i 1-o‘rinbosarining o‘limi yuz berganligi bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga yuborildi.