Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on tumanida xonadonida giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan ma’lumotga asosan 5 iyul kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Qoradaryo mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan.

Bu tadbir davomida u o‘z hovlisida jami 10 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. Shuningdek, bu fuqaro uyida 295 gramm miqdoridagi marixuana giyohvandlik moddasini ham saqlab kelayotgan bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra  hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.