Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onda 16 nafar fuqaroga ishga joylashishi uchun yo‘llanma berildi, 4 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.

Aholi bandligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan yarmarkada 35 ta tashkilot 315 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, 94 ta fuqarolar (35 nafari xotin-qizlar, 26 nafari yoshlar va 13 nafari umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari) qatnashdi.

16 nafar fuqaroga doimiy ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berilib, 4 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

Shuningdek, yarmarkada ishtirok etgan 74 nafar fuqaroga kasb-xunarga o‘qitish imkoniyatlari, jamoat ishlariga qatnashish to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar, mehnat qonunchiligi yuzasidan tushuntirish va maslahatlar berildi.