Kattaqo‘rg‘onda elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holati fosh etildi
- 01.02.2023 21:58
- 136
- Samarqand
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan “Qoradaryo” elektr ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikdatergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda “M.Q.” xususiy korxonasi rahbari K.S. “Kumushkent” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yer maydoniga o‘rnatilgan quvvati 75 kVt bo‘lgan suv nasosini yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 327,6 ming kVt elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 147,4 mln. so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mutolaa. Zamonaviy jodugarning qaydlari. Hikoya
- Bugun, 19:17
- Mutolaa
Pangat - tog‘lar bag‘ridagi maskan
- Bugun, 18:37
- Mutolaa
Bir yigitga qirq hunar oz
- Bugun, 17:36
- Iqtisodiyot