Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onda fuqaro YPX inspektoriga faol qarshilik ko‘rsatdi

3 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on tumanining "Qo‘shxovuz-Payshanba" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan mototransport vositasiga viloyat IIB YHXB 4-otryadi inspektorlari to‘xtash ishorasini bergan vaqtida haydovchi YPX xodimlarining ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

Xodimlar haydovchini to‘xtatib, tegishli hujjatlarni so‘raganda, haydovchi hujjatlari yo‘qligini aytgan. Tegishli hujjatlari yo‘qligi sababli mototransport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga olib ketilayotgan vaqtda mahalladoshlari yo‘lni to‘sgan.

Haydovchi YPX inspektoriga faol qarshilik ko‘rsatib, xodimning tunda yorituvchi nimchasini yirtib tashlagan. YPX inspektorlari fuqaroga nisbatan "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi Qonunning 22-moddasiga asosan qo‘lga olishgan.

Fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135, 194, 195-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mototransport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarni jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumani sudiga yuborish choralari ko‘rilmoqda.