Kattaqo‘rg‘onlik ayol 70 yoshida hujjatli bo‘ldi: pasprot va boshqa biror hujjati yo‘qligi sabab u 16 yildan buyon pensiya ham ololmayotgandi
- 04.06.2022 18:00
- 80
- Samarqand
1952 yilda Xatirchi tumanida tug‘ilgan Aysahat Uralova 70 yoshga kirsa-da onaxonning tug‘ilganligi hali rasman qayd qilinmagan. Ya’ni, u shaxsini tasdiqlovchi biror bir hujjatga ega emas. Viloyat adliya boshqarmsi axborot xizmatiga ko‘ra 16 yil ilgari pensiyaga chiqish kerak bo‘lgan ayol shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligi bugungacha pensiya olishdan mahrum bo‘lib kelgan.
Adliya xodimlari tomonidan joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar chog‘ida onaxon shu muammo bo‘yicha murojaat qilgan. Tuman adliya bo‘limi ushbu murojaat bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan.
Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, onaxonga tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib, sayyor tarzda topshirilgan. Endi onaxon ushbu guvohnoma asosida pasport olib, yillar mobaynida to‘lanmay kelgan pensiyasini tiklash niyatida.
M.Hasanov,
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi axborot xizmati rahbari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mutolaa. Zamonaviy jodugarning qaydlari. Hikoya
- Bugun, 19:17
- Mutolaa
Pangat - tog‘lar bag‘ridagi maskan
- Bugun, 18:37
- Mutolaa
Bir yigitga qirq hunar oz
- Bugun, 17:36
- Iqtisodiyot