Kattaqo‘rg‘onlik bolakay qornidan magnit bo‘laklari topildi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga Kattaqo‘rg‘on tumanidan 2 yoshli bolakay og‘ir ahvolda keltirildi.

Bemor zamonaviy tibbiy diagnostika uskunalari yordamida tekshirilganda qorin sohasida metall parchalari borligi aniqlangan. Tahlil natijalari asosida filial bolalar xirurgiyasi bo‘lim mudiri Azim Ulug‘murodov rahbarligida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, 2 yoshli bolakay qornidan 4 dona magnit bo‘laklari olib tashlangan.

Achinarlisi, magnit bo‘lakchalari bola ichaklariga jiddiy jarohat yetkazib, ichaklarni teshib tashlagan. Ayni paytda shifokorlar bola hayotiga xavf soluvchi bu jihatlarni bartaraf etmoqda.

Filial shifokorlari ota-onalarni ogohlikka, ya’ni yosh bolalarga metall buyumlar, batareyalar va boshqa qattiq jismlarni bermaslikka chaqirmoqda.