Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Kavkaz asirasi yohud Shurikning yangi sarguzashtlari” filmi haqida qiziqarli faktlar

1. “Kavkaz asirasi” filmi g‘oyasi Gaydayda hali “I operatsiyasi” - talabaning sarguzashtlari haqidagi birinchi film tasvirga olinayotgan vaqtda tug‘ildi. Biroq komediya ekranga chiqqanidan so‘ng, rejissyor “I operatsiyasi” uni charchatganini ta’kidladi. Gaydayga Shurikni u har taraflama ochib bergandek tuyildi, qolaversa uchchovlon firibgarlardan imkoni bo‘lgan hamma suvni siqib bo‘lgandi (ular ham Gaydayning hamma suvini siqib bo‘lishgandi). Lekin komediyaning davomini tasvirga olishdan qochishni rejissyor imkonini topolmadi.

2. Film boshidagi Shurikni bir yurib, bir to‘xtab oladigan (Nina yonidan o‘tganda) eshagi yodingizdami. O‘sha lavha tasvirga olinayotganda uchta eshak ishtirok etgan, ularni yurish yoki to‘xtab turishga majbur qilish uchun, film ijodkorlari ularni ustidagi yuk vaznini o‘zgartirishgan. Agar xurjun og‘ir bo‘lsa, eshaklar yurishni xohlamasdan joyida to‘xtashar edi. Va teskarisi.

3. Dialog va sahna ko‘rinishlarining bir qismini aktyorlarni o‘zlari jarayon vaqtida “kashf” qilishgan. Masalan, qo‘rqoqning iborasi: “Kimning poyafzali? (rus tili “tuflya” birlik sonda aytilgan, biroq “tufli” – poyafzal rus tilida faqat ko‘plik sonda qo‘llaniladi) Ha, meniki ekan. Rahmat”, shuningdek o‘rtoq Saaxovning: “shlyapangni yech” iborasi.

4. Tasvirga olish jarayonining o‘zida Nikulin uzun qo‘llari bilan tovonini qashlash, ulkan shprits bilan Morgunovga ukol qilish sahnalarini o‘ylab topgan. Darvoqe o‘sha shpritsni sirkdan olib kelishgan, ukolni esa Morgunovga emas, uning oyoqlarida berkitilgan yostiqqa qilishgan. Shritsni berkinib olgan Nikulin u yoq, bu yoqga chayqatib turgan.

5. Nina rolini ijro etgan – Natalya Varley – ko‘pgina xavfli epizodlarni o‘zi ijro etgan. Avtomobilni o‘zi xaydagan, Shurikni qutqarish uchun, daryoga sho‘ng‘igan, qoyadan sim arqon bilan pastga tushgan, oynadan sakragan. (Aslida tasvirga olish kranining arqonida).

6. “Yashash, yaxshi!” sahnasini tasvirga olish jarayonida, Vitsin bir xo‘plam ham pivo ichishdan bosh tortdi, chunki aktyor umuman spirtli ichimlik ichmas edi. Ichimlikni namatak siropiga o‘zgartirishganda, Gayday tomoshabinlar hiylani fahmlashlarini tushundi. Beshinchi dubl olishdan keyin Vitsin bir qultim pivo ichishga rozi bo‘ldi.

7. Filmni muvaffaqiyatidan keyin, uning ijodkorlari filmni davomini tasvirga olishni rejalashtirishdi. Film ssenariysi bo‘yicha unda o‘sha personajlar ishtirok etishlari kerak edi: Saaxov, uchchavlon va Jabrail jazoni o‘tashmoqda, Nina esa tuman rahbari etib tayinlanadi. Bu loyihani badiiy kengash ma’qullamadi va loyiha qog‘ozda qolib ketdi.

8. Darvoqe, ushbu film afsonaviy uchlik ishtirokidagi so‘nggi film bo‘lib qoldi. Gayday Morgunovning og‘ir tabiatidan charchadi, aktyorlarning o‘zlari ham o‘zaro qiyinchilik bilan chiqishishar edilar. Morgunovning qilig‘i, oxirgi nuqtani qo‘ydi, materialni ko‘rigiga ichib olgan xonimcha bilan kelgan Morgunov, rejissyor Gaydayni noma’qul so‘zlar bilan haqorat qildi. Gayday xonadan begonalar chiqib ketishini talab qildi (xonimchani nazarda tutib), biroq xonimcha bilan birga Morgunov ham chiqib ketdi. Bu voqeadan keyin rejissyor ssenariydan, Morgunov ishtirokidagi barcha sahnalarni o‘chirib tashladi. Gayday aktyorni boshqa birga ishlashga taklif qilmadi, hatto u bilan barcha aloqalarini uzdi.

Bekzod Musurmonov tayyorladi.